Asosiy mazmunga o'tish

⚡️"Raqamli iqtisodiyot sharoitida yoshlarning inson salohiyatini ro'yobga chiqarish va inson kapitalini jamg'arish" mavzusida talabalar uchun ochiq dars bo'lib o'tdi.

30 ko'rildi

Ushbu keng qamrovli savolga javob berish maqsadida, bugun,17-noyabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Tagayev Behzod Anvarovichning "Raqamli iqtisodiyot sharoitida yoshlarning inson salohiyatini ro'yobga chiqarish va inson kapitalini jamg'arish" mavzusida ochiq ma’ruza darsi o‘tkazildi.

Mamlakatimizda bugungi kunda har bir sohada yuksalish ro’y bermoqda. Ayniqsa mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy va siyosiy islohotlar zamirida mamlakatimizni raqamli rivojlantirish alohida o’rin tutadi. Shu sababli, hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o’zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo’lish, uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. Taraqqiyotga erishish uchun, raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart ekanligi alohida qayd etildi.

Shu mavzuda