Referendum - 2023: Kelajaging uchun ovoz ber
149 ko'rildi
Joriy yilning 5-aprel kuni Guliston davlat pedagogika institutida “Referendum – 2023: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Referendum va yosh olimlar” mavzusida professor-o'qituvchilar va ilmiy xodimlar ishtirokida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi raisi A.Yusupov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Mazkur uchrashuvda A.Yusupov Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida ishtirokchilarga batafsil ma'lumot berdi.
Yosh ilmiy tadqiqotchilar o'zlarini qiziqtirgan savollar va muammolarga batafsil javob olishdi.