Tagayev Behzod Anvarovich Guliston davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.
140 ko'rildi
Tagayev Behzod Anvarovich 1981-yil Sirdaryo viloyatida tugʻilgan.
U 2007-yili O'zbekiston Davlat Jahon tillari universitetini, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabini tugatgan. Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va Tadbirkorlik Oliy maktabi mustaqil izlanuvchisi.
Tayinlovga qadar Yoshlar ishlari Agentligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Tagayev Behzod Anvarovichga keyingi ishlarida omad va zafarlar tilaymiz!