Asosiy mazmunga o'tish

Samarqandga sayohat

161 ko'rildi

     Guliston davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 16-22-guruh talabalari dam olish vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida 2023-yil 29-aprel kuni Samarqand shahriga sayohat tashkil etishdi.

      Sayohat davomida talaba-yoshlar Samarqand shahrining tarixiy va muqaddas qadamjolarida joylashgan me’moriy obidalar  va qadimiy yodgorliklar bilan yaqindan tanishdi.

     Ayni damda talabalar Samarqandning maftunkor manzilgohlari, madrasa, maqbaralarini tomosha qilish orqali, tarix nafasini his qilib, katta taassurotga ega bo‘lmoqdalar

GulDPI axborot xizmati

Shu mavzuda