GulDPI tomonidan chet tili o'rganishga layoqati va xorijga chiqish istagi bo'lgan o'quvchilar uchun xorijiy tilni o'qitish kursiga start berildi
157 ko'rildi
Guliston davlat pedagogika institutining malakali professor-o'qituvchilari tomonidan Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida chet tilini o'rganishga layoqati va xorijga chiqish istagi bo'lgan bir guruh yoshlar uchun xorijiy til kurslari tashkil etildi.
Ma’lumot uchun: mazkur xorijiy til kursi OTMning budjetdan tashqari mablag'lari hisobidan qoplanishi belgilangan. Ushbu kursni yakunlagan o'quvchilar chet tilidan erkin so'zlashish ko'nikmalarini rivojlantirishi va til sertifikatlarini qo'lga kiritishi uchun imtihon topshirish imkoniyatiga ega bo'lishi ko'zda tutilgan.
GulDPI axborot xizmati