Asosiy mazmunga o'tish

Sirdaryo viloyati Yoshlar texnoparkida "Mirzo Ulug'bek vorislari" ko‘rik tanlovining viloyat boshqichi bo‘lib o‘tdi.

116 ko'rildi

Mirzo Ulug’bek vorislari

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, iste’dodini ro‘yobga chiqarish va ularni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish, ixtirochi yoshlarni kashf qilish maqsadida 2022-yildan buyon  “Mirzo Ulug’bek vorislari" ko'rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy yilning 27-aprel kuni  Sirdaryo viloyati  Yoshlar texnoparkida  "Mirzo Ulug'bek vorislari" ko‘rik tanlovining viloyat boshqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda viloyatimizning 55 nafar yoshlari ishtirok etdi. Innovatsion g‘oyalari bilan faol qatnashgan 20 nafar yoshlar g‘olib deb topildi hamda diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandi. 
Quvonarlisi, institutning Ta’limda axborot texnologiyalar yo‘nalishi I-kurs magistranti G’aniyev Temur Komiljon o‘g’li Respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
G’olib talabamizni tabriklaymiz va kelgusi bosqichda omad tilab qolamiz.

GulDPI axborot xizmati

Shu mavzuda