Asosiy mazmunga o'tish

Sentyabr oyi g‘oliblari aniqlandi

0 ko'rildi
Sentyabr oyi g‘oliblari aniqlandi

🤩Guliston davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilgan #dostfest2026 onlayn chellenjining sentyabr oyidagi bosqichi yakunlandi.

Taqdim etilgan ijodiy ishlar orasidan ikki videorolik va bir fotosurat quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topildi:

🎬 “Do‘stlik — bizni birlashtiradi” — Tillarni o‘qitish fakulteti 18–25-guruh talabalari.

🎬 “Eng kreativ videorolik” — Ona tili va adabiyoti: qozoq tili, Ona tili va adabiyoti: rus tili hamda O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishlari talabalarining hamkorlikdagi ijodiy ishi.

📸“Bir kadrda do‘stlik” — Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 16–26-guruh talabasi Baxtiyorjonova Nozima.

G‘oliblarni tabriklaymiz va chellenjda faol qatnashgan barcha talabalarga minnatdorlik bildiramiz!

Chellenj davom etadi! Do‘stlik haqidagi ijodiy ishingizni #dostfest2026 heshtegi bilan ulashing — keyingi g‘olib aynan siz bo‘lishingiz mumkin!

▶ Videoni Telegram kanalida ko‘rish

Shu mavzuda