“Sirdaryo viloyatida mavjud muammolar yechimiga qaratilgan tijoratlashtirish loyihalari” tanlovi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-aprelda Sirdaryo viloyatiga tashrifi doirasida Sirdaryo viloyatini innovatsion hududga aylantirish bo‘yicha topshiriq berilgan. Ushbu topshiriq doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan Sirdaryo viloyatida mavjud muammolar yechimiga qaratilgan tijoratlashtirish loyihalari tanlovi o‘tkaziladi.
Tijoratlashtirish loyihalarni qabul qilishga qo‘yiladigan shartlar:
Arizalar 2023-yilning 27-aprelidan 27-iyungacha qabul qilinadi;
1 ta tashabbuskor tashkilot 1 ta loyiha bilan ishtirok etadi;
Tijoratlashtirish loyihalari doirasida mahsulotlar va xizmatlar yaratishning eng ko‘p muddati 1 yildan oshmasligi lozim.
Batafsil ma’lumo olish uchun https://mininnovation.uz/contest/post-1202
Tanlovga arizalar tomonlar o‘rtasida kelishilgan holda, mos ravishda taqdim qilinishi shart. Bunda quyidagi hujjatlar asl nusxalari PDF shaklida https://forms.gle/wRyfVtBtozzJjbey9 manzilga yuborilishi lozim:
Bog’lanish uchun S.Isanturdiyev +998970200887