Asosiy mazmunga o'tish

YUNESKO tashkiloti “Ipak yo‘li” dasturi doirasida 3-xalqaro tanlovini e’lon qiladi

206 ko'rildi

 YUNESKO tashkiloti Ipak yo‘li dasturi doirasida “Ipak yo‘li yoshlar tadqiqot granti-Ipak yo‘li tashabbusi orqali yosh tadqiqotchilar salohiyati va hissasini kuchaytirish” deb nomlangan 3-xalqaro tanlovini e’lon qiladi.

 Mazkur tanlov Xitoy Xalq Respublikasining YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi tomonidan moliyalashtiriladi. Mazkur tanlovning asosiy maqsadi yosh tashkilotchilarni Ipak yo‘lining umumiy merosini o‘rganishi uchun safarbar etishga qaratilgan bo‘lib, 35 va undan kichik yoshdagi ayollar va erkaklarga 12 ta granti ajratiladi.

 Nomzodlar Ipak yo‘li bo‘ylab asrlar davomida o‘zaro hamkorlikda rivojlangan umumiy meros va o‘ziga xoslik bilan bog‘liq ta’lim yo‘nalishlariga ariza topshirishlari mumkin.

 Tanlovda qatnashish uchun nomzodlar 2023-yilning 31-may kuniga qadar (https://en.unesco.org/silkroad/youthgrant) veb-sahifasi orqali shaklni onlayn to‘ldirishi mumkin.

Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun GulDPI Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘limi (108-xonaga) murojaat qilishlari soʻraladi!

GulDPI axborot xizmati

Shu mavzuda