Asosiy mazmunga o'tish

"Smart kitob" – taraqqiyot va islohotlar aksi!

115 ko'rildi
"Smart kitob" – taraqqiyot va islohotlar aksi!

"Taraqqiyot strategiyasi" markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida "Smart kitob" – maxsus infografikalar to‘plami tayyorlandi.

💡 To‘plamning asosiy mazmuni va afzalliklari:
🔹Ko‘rgazmali va tushunarli: Nutqda ilgari surilgan muhim g‘oya va tashabbuslar, erishilgan natijalar hamda kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari vizual ko‘rinishda yoritilgan.
🔹Yetti yillik dastur: Dasturning mazmun-mohiyati infografikalar va asosiy ko‘rsatkichlar orqali aks ettirilgan.
🔹Amaliy ko‘makchi: Mazkur to‘plamdan taqdimotlar, davra suhbatlari, ma’rifiy tadbirlar hamda o‘quv jarayonida sifatli va ko‘rgazmali material sifatida foydalanish mumkin.

Shu mavzuda