Sport — salomatlik va faollik garovi
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi G. Kurbanova tashabbusi bilan xotin-qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Mazkur musobaqa xotin-qizlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning salomatligini mustahkamlash hamda muntazam sport bilan shug‘ullanishga qiziqishini oshirishga qaratildi.
Xotin-qizlarni sportga jalb etish — ularning salomatligi, o‘ziga ishonchi va hayotdagi faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash demakdir.






