Suv innovatsiyalari tanlovi
“Korea Water Resources Corporation” Janubiy Koreya akademiyasining Toshkentdagi filiali (“K-Water”) suv innovatsiyalari tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov shartlari: “K-water” faoliyatining asosiy faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq turli mavzular tanlab olinadi. Bular Markaziy Osiyoda suv resurslari, suv ta’minoti, shahar rivojlanishi va tiklanuvchi energiya manbalarining rivojlanishi.
O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining yakka tartibda yoki jamoaviy ishtirok etishi mumkin (yoshi va darajasidan qat’iy nazar).
Ishtirokchilar kwater.uzbek@gmail.com elektron pochta manzili orqali 16-iyunga qadar ro‘yxatga olinadi.
Arizalar ikki tilda (rus va ingliz tilida) berilishi lozim.
Shuningdek batafsil ma’lumot olish uchun elektron pochta: kwater.uzbek@gmail.com
👉https://edu.uz/uz/news/view/5386