Asosiy mazmunga o'tish

Yuksalish harakati

118 ko'rildi

#Infografika

Joriy yil boshidan O‘zbekistonda maʼmuriy islohotlarning ikkinchi bosqichi boshlandi. Natijada hukumatga bo‘ysunuvchi ijro hokimiyati organlari soni 61 tadan 28 taga, shu jumladan vazirliklar soni 21 taga kamaydi. Hukumatda Bosh vazirning 8 nafar o‘rinbosari va 3 nafar maslahatchisi o‘rniga faqat 4 nafar o‘rinbosari qoldi.

Dunyo mamlakatlarida hukumat tarkibi qanday? Biz buni alohida davlatlar misolida #infografikada  aks ettirdik.

Maʼlumotlarga ko‘ra, eng ixcham hukumatlardan biri Islandiyada: ayol Bosh vazir va 11 nafar vazir (ularning 4 nafari ham ayollar). Norvegiyada Bosh vazirning 9 nafar davlat kotibi va bir nafar siyosiy maslahatchisi, 18 nafar vaziri bor (ularning yarmi ayollar). Ispaniyada Bosh vazirning 3 nafar o‘rinbosari (barchasi ayollar), 22 nafar vaziri bor (12 nafari ayollar).

MDH va Markaziy Osiyoning aksariyat mamlakatlarida hukumatning gender tarkibi sezilarli darajada farqlanadi: ayollar ko‘proq taʼlim, madaniyat yoki sog‘liqni saqlash vazirliklarini boshqaradi.

Shu mavzuda