Talaba kelajagi — oliy ta’lim muassasasi va ota-onalar hamkorligidagi ustuvor mas’uliyat

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakultetida talabalarning ta’lim sifati, shaxsiy mas’uliyati va kelajakdagi kasbiy kamolotini ta’minlashda ota-onalarning ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan muhim muloqot — ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda asosiy e’tibor nafaqat talabalarning bugungi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga, balki ularning ertangi taqdiri, mustaqil fikrlay oladigan, raqobatbardosh va yuksak ma’naviyatli mutaxassis sifatida shakllanishiga qaratildi.
Yig‘ilish davomida ta’lim sifati va akademik intizom, davomat, talabalarning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.











