Talaba ta’limi ,tarbiyasi — institut va oilaning umumiy mas’uliyati

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida birinchi bosqich talabalarining ota-onalari hamda rahbariyat ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Uchrashuvning asosiy e’tibori talabalarning ta’limga mas’uliyatini kuchaytirish, oliy ta’lim muhitiga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash va ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi.
Yig‘ilishda darslarda muntazam ishtirok etish, ichki tartib-qoidalarga rioya qilish, bilim olishga intilish va pedagogik kasbga munosib xulq-atvorni shakllantirishning ahamiyati ta’kidlandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 149-sonli qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Bugungi talaba — ertangi o‘qituvchi. Uning bilimi, intizomi va mas’uliyati kelajakda butun bir avlod tarbiyasiga ta’sir qiladi. Shu bois bo‘lajak pedagog kamoloti institut va oilaning doimiy e’tiborida bo‘lishi zarur.









