Talabalar “Ichki ishlar organlari tarixi muzeyi”da — tarix va ma’naviyat qo‘rg‘onida
Guliston davlat pedagogika instituti Qalqon jamoatchilik guruhi yoshlari uchun Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzurida tashkil etilgan “Ichki ishlar organlari tarixi muzeyi”ga ma’rifiy tashrif uyushtirildi.
Tashrif davomida talabalarga jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimining tarixiy shakllanish bosqichlari, turli davrlarda qo‘llanilgan xizmat kiyimlari, tabel qurollari, maxsus vositalar va texnik jihozlar namunalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ichki ishlar organlarining taraqqiyot yo‘li yoritilgan bo‘limlar bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.
Muzeyda saqlanayotgan to‘rt mingdan ortiq eksponatlar, vazirlikning turli xizmat yo‘nalishlari tarixiga bag‘ishlangan burchaklar talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning huquqiy ongini kengaytirish va ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qildi.