Talabalar Samarqand shahri tarixiy obidalari bilan tanishdilar
96 ko'rildi
Joriy yilning 8-aprel kuni “Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi” haftaligi doirasida Guliston davlat pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti yo'nalishi talabalari psixolog Javlon Bekbolayev va guruh tyutori Go'zal Raxmonova boshchiligida Samarqandning diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil etildi.
Talabalar sayohat davomida Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Amir Temur jome masjidi (Bibi-Xonim) va Shohi-Zinda majmuasiga tashrif buyurib, Samarqandning qadimiy tarixi va madaniyati haqida qiziqarli ma’lumotlarga hamda katta taassurotga ega boʻlib qaytdilar.