Talabalar Sirdaryo viloyati o‘lkashunoslik muzeyida

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talaba-yoshlari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning tarixiy-madaniy merosimiz haqidagi bilimlarini yanada boyitish maqsadida fakultet tyutori boshchiligida Sirdaryo viloyati O‘lkashunoslik muzeyiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalar Sirdaryo vohasining boy tarixi, tabiati va madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Muzey ekspozitsiyalaridan o‘rin olgan noyob tarixiy buyumlar, qadimiy topilmalar, shuningdek, hududning hayvonot va o‘simliklar olamiga oid eksponatlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tashrif talaba-yoshlarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tarixiy xotirasini mustahkamlash hamda milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini yanada oshirishga xizmat qildi.






