Asosiy mazmunga o'tish

Talabalar turar joyidagi ijtimoiy-psixologik muhit o‘rganildi

0 ko'rildi
Talabalar turar joyidagi ijtimoiy-psixologik muhit o‘rganildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti xotin-qizlar psixologi
Sh. Egamberdiyeva hamda institut psixologi M. Xudoyqulova tomonidan talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yoshlarning ijtimoiy-psixologik holati, yashash sharoitlari va mavjud ehtiyojlarini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida talabalar bilan individual va guruhli suhbatlar o‘tkazilib, ularning ruhiy holati, o‘zaro munosabatlari, jamoaga moslashuvi hamda talabalar turar joyidagi ijtimoiy-psixologik muhit tahlil qilindi. Shuningdek, xonalarning holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, dam olish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Talabalar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglanib, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli psixologik tavsiyalar berildi.

Talabalar turar joyidagi ijtimoiy-psixologik muhit o‘rganildi — 2Talabalar turar joyidagi ijtimoiy-psixologik muhit o‘rganildi — 3Talabalar turar joyidagi ijtimoiy-psixologik muhit o‘rganildi — 4Talabalar turar joyidagi ijtimoiy-psixologik muhit o‘rganildi — 5

Shu mavzuda