Yo‘l harakati qoidasi-umr foydasi
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning yo‘l harakati qoidalariga oid bilimlarini oshirish, ularda xavfsizlik madaniyati va harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Pirmatov Muhriddin Alijon o‘g‘li hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashining harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishi bo‘limi boshlig‘i F. Djurayev ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish va har bir fuqaroning shaxsiy mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.








