Asosiy mazmunga o'tish

Talabalar xavfsizligi va yurish-turishi — institut va mahalla e’tiborida

0 ko'rildi
Talabalar xavfsizligi va yurish-turishi — institut va mahalla e’tiborida

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakulteti rahbariyati boshchiligida, mahalla yettiligi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi va institut psixologlari bilan hamkorlikda ijara asosida yashayotgan talabalar istiqomat qiluvchi mahallalarga tashrif amalga oshirildi.

O‘rganish davomida mahalla mas’ullari bilan bevosita muloqot qilinib, talabalarning kundalik yurish-turishi, jamoat tartibi va odob-axloq me’yorlariga rioya etishi hamda mahalla aholisi bilan munosabatlari yuzasidan ma’lumotlar olindi. Ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari va xavfsizlik holati ham ko‘zdan kechirildi.

Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi talabalarga yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilish, gaz va elektr jihozlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish hamda favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish yuzasidan tushuntirishlar berdi. Institut psixologlari ishtirokidagi suhbatlarda talabalarning ruhiy holati, yashash muhitiga moslashuvi va ularni tashvishga solayotgan masalalarga e’tibor qaratildi.

Mazkur hamkorlik talabaning ta’lim jarayonidan tashqaridagi hayotiga ham mas’uliyat bilan yondashishning amaliy ifodasidir. Mahalla bilan bevosita aloqa esa talabalar haqida aniq ma’lumot olish, ehtimoliy xavflarni barvaqt aniqlash va zarur yordamni o‘z vaqtida tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Talabalar xavfsizligi va yurish-turishi — institut va mahalla e’tiborida — 2Talabalar xavfsizligi va yurish-turishi — institut va mahalla e’tiborida — 3Talabalar xavfsizligi va yurish-turishi — institut va mahalla e’tiborida — 4Talabalar xavfsizligi va yurish-turishi — institut va mahalla e’tiborida — 5Talabalar xavfsizligi va yurish-turishi — institut va mahalla e’tiborida — 6Talabalar xavfsizligi va yurish-turishi — institut va mahalla e’tiborida — 7Talabalar xavfsizligi va yurish-turishi — institut va mahalla e’tiborida — 8Talabalar xavfsizligi va yurish-turishi — institut va mahalla e’tiborida — 9Talabalar xavfsizligi va yurish-turishi — institut va mahalla e’tiborida — 10

Shu mavzuda