Talabamiz — O‘zbekiston chempioni
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 1-bosqich 20-26-guruh talabasi Shahzod Parmonqulov taekvondo kombat bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida g‘olib bo‘ldi.
2026-yil 10–11-oktabr kunlari Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan musobaqada talabamiz 52 kg vazn toifasida 1-o‘rinni egallab, chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Shahzod Parmonqulovni chempionlik bilan tabriklab, kelgusi musobaqalarda yangi g‘alabalar tilaymiz.



