Talabamiz — O‘zbekiston kubogi kumush medali sohibi
0 ko'rildi

2026-yil 22–23-sentabr kunlari Guliston shahrida Qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Guliston davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakultetining “Jismoniy madaniyat” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Ruxsora Zokirova 53 kg vazn toifasida Sirdaryo viloyati sharafini himoya qildi.
Ruxsora final yo‘lida Samarqand va Farg‘ona viloyatlari vakillaridan ustun keldi. Hal qiluvchi bahsda u ko‘p karra O‘zbekiston chempioni, Qoraqalpog‘iston vakili Sohibjamol Shukrullayevaga ochkolar hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Institut jamoasi Ruxsora Zokirovani ushbu natija bilan tabriklaydi va kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyat tilaydi!





