Innovatsiya, ilm-fan va yoshlar g‘oyalari bir maydonda
0 ko'rildi

Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan“Ilmiy ishlanmalar va innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi hamda startaplar festivali” — “InnoWeek-2026” doirasida Guliston davlat pedagogika instituti talabalari ham faol ishtirok etdi.
Festival davomida talaba-yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion g‘oyalar, ilmiy ishlanmalar, startap loyihalar va ijodiy yechimlar namoyish etilib, ularning ilmiy izlanishlari hamda zamonaviy yondashuvlari keng jamoatchilikka taqdim etildi.
Mazkur ishtirok talabalarning ilmiy salohiyati, kreativ fikrlashi va yangilik yaratishga bo‘lgan intilishini namoyon etib, yoshlarning ta’lim va fan bilan bir qatorda innovatsion faoliyatdagi faolligini yana bir bor ko‘rsatdi.






