Asosiy mazmunga o'tish

Talaba-qizlar uchun "IT queens" tanlovi!

0 ko'rildi
Talaba-qizlar uchun "IT queens" tanlovi!
📌Guliston davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan talaba-qizlarning axborot texnologiyalari, IT va robototexnika sohalariga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” tanloviga start berilmoqda!
👩‍🎓KIMLAR ISHTIROK ETISHI MUMKIN?
Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan barcha bakalavriat yo‘nalishi talaba-qizlari.

📌TANLOV YO‘NALISHLARI:
1️⃣Axborot texnologiyalari
2️⃣Mexatronika va robototexnika

🏆TANLOV BOSQICHLARI VA MUDDATLARI:

1️⃣-bosqich: Institut ichki saralash bosqichi — 26-sentyabr
2️⃣-bosqich: Oliy ta'lim tashkilotlari o‘rtasidagi hududiy bosqich — 2–3-oktyabr
3️⃣-bosqich: Yakuniy Respublika bosqichi — 9-oktyabr (Toshkent davlat transport universitetida)
ISHTIROK ETISH VA MUROJAAT UCHUN:
Manzil: Institut "B" binosi, 515-xona

O‘z bilim va iqtidorini namoyon etib, kelajak texnologiyalarini yaratishda faol bo‘lishni istagan barcha talaba-qizlarimizni tanlovda kutib qolamiz!

Shu mavzuda