“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi — amaliy yechimlar muhokamasiga qaratilgan muloqot
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti rahbariyati, Soliq qo‘mitasining Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Suhrob To‘rabek o‘g‘li Tavboyev hamda talabalar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda talabalarga soliq tizimi, soliq to‘lovchilarning huquqlari hamda qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanish tartibi haqida tushunchalar berildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni bevosita soha rahbariga yo‘llab, amaliy javoblar oldilar. Muloqot talabalarning soliq sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qildi.Tadbir yakunida talabalarga kitoblar va esdalik sovg‘alari topshirildi.











