Asosiy mazmunga o'tish

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma olmagan abituriyentlar diqqatiga!

109 ko'rildi

✅ 2023-yil 28-iyul kuni my.uzbmb.uz saytida “Ruxsatnomani olish“ (https://my.uzbmb.uz/allow) bo‘limi yaratilib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda “Abituriyent ruxsatnomasi“ni olish imkoniyati yaratilgan.

📥 Shuningdek, ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining quyidagi maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

❗️ Lekin ayrim abituriyentlar haligacha abituriyent ruxsatnomasini yuklab olmagan.

❇️ Shu sababli barcha abituriyentlardan my.uzbmb.uz sayti yoki yuqorida keltirilgan botlar orqali o‘z ruxsatnomalarini yuklab olishlarini so‘raymiz.

📌 Eslatib o‘tamiz, test sinoviga o‘z vaqtida kelmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi.

Shu mavzuda