Asosiy mazmunga o'tish

Vladivostokdagi xalqaro regatada talabamizdan oltin medal

0 ko'rildi
Vladivostokdagi xalqaro regatada talabamizdan oltin medal

Vladivostokda 3–4 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan V Xalqaro Vladivostok regatasida Guliston davlat pedagogika instituti talabasi Basimaxon Sattorova yorqin g‘alabaga erishdi!

🚣‍♀️ Greblya-indoor yo‘nalishining ayollar o‘rtasidagi 2000 metr masofasida sportchimiz 7 daqiqa 23,9 soniya natija qayd etib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi va OLTIN MEDALni qo‘lga kiritdi! 🏆

Nufuzli musobaqada Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston va boshqa davlatlarning kuchli sportchilari ishtirok etgan bo‘lsa-da, eng yuqori natijani institutimiz talabasi qayd etdi.

Basimaxon Sattorovani ushbu ulkan g‘alaba bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

G‘alaba muborak, chempion!

Vladivostokdagi xalqaro regatada talabamizdan oltin medal — 2Vladivostokdagi xalqaro regatada talabamizdan oltin medal — 3

Shu mavzuda