Yangi o‘quv yili boshlandi
0 ko'rildi

Guliston davlat pedagogika institutida 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institut rektori J.X. Karshibayev ochib berib, birinchi bosqich talabalarini talabalik maqomi bilan muborakbod etdi. Rektor o‘z nutqida yoshlarning puxta bilim egallashi, yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishi hamda kelgusida yuksak salohiyatli va yetuk mutaxassislar bo‘lib kamol topishiga ishonch bildirdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi raisi, Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi Faxriylar kengashi vakillari hamda faxriy mehmonlar qatnashdi. So‘zga chiqqan mehmonlar talabalarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan muborakbod etib, ularga o‘qish va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladilar.
Mazkur tantanali tadbir birinchi bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yilining munosib boshlanishi bo‘ldi.
Talabalik maqomingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar!











