Asosiy mazmunga o'tish

Xalqaro_konferensiya

67 ko'rildi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov:

- So‘nggi 6 yil davomida amalga oshirilgan islohotlar natijasida ta’lim sifati va qulayligini oshirish, shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyoti ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish borasida sezilarli yutuqlarga erishildi. Barcha sohalarda ilmiy va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, shuningdek, mamlakatimiz innovatsion salohiyatini shakllantirish va yanada yuksaltirishning samarali mexanizmlari ishlab chiqildi va yangilanmoqda.

So‘nggi yillarda sezilarli natijalarga erishildi. Xususan, O‘zbekiston Global innovasion indeks reytingida 2015-yilga nisbatan 40 pog‘onaga ko‘tarilib, 2022-yilda 82-o‘rinni egalladi.

2019-2022-yillarda oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar tomonidan 40,4 million dollarlik 627 ta loyiha tijoratlashtirildi, 31,6 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarildi, 23,6 million dollarlik mahsulot sotildi va 7 million dollarlik xizmatlar ko‘rsatildi.

Shu mavzuda