Asosiy mazmunga o'tish

Xavfsiz hayot uchun

171 ko'rildi

Joriy yilning 5-mart kuni Guliston davlat pedagogika institutidan vilоyat miqyosida o'tkazilayotgan"Xavfsiz hayot uchun" shiori ostida velo va piyoda yurish marafoni start oldi. Jumladan, Guliston davlat pedagogika instituti jamoasi va talaba-yoshlari ham ushbu marafonda faol ishtirok etdi. Institutning Pedagogika fakulteti Jismoniy madaniyat yo'nalishi 35-22-guruh talabalari Asqalamova Muattar - 1 chi, Xolyarova Maftuna esa qizlar o'rtasida 2 chi bo'lib marraga yetib kelishdi. G'oliblar viloyat hokimining va marafon tashkilotchilarining diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Olg'a aziz talaba-yoshlarimiz, omad va zafarlar bardavom bo'lsin!

Shu mavzuda