Asosiy mazmunga o'tish

Guliston davlat pedagogika institutining “Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi Qozog’istonning Chimkent universiteti bilan o’zaro hamkorlik aloqalari doirasida vebinar mashg’uloti tashkil etishdi!

472 ko'rildiXalqaro hamkorlik

Guliston davlat pedagogika institutining “Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi o’zining faoliyati davomida o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlari bilan birga xalqaro hamkorlik borasida ham bir qator tadbirlarni amalga oshirmoqda. Ushbu ishlar bo’yicha Qozog’istonning Chimkent universiteti bilan o’zaro hamkorlik aloqalari doirasida 14 mart kuni zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llagan holda vebinar mashg’uloti tashkil etildi. Vebinar “Falsafa” fani doirasida “Jamiyat va inson falsafasi” mavzusiga bag’ishlandi.

Mavzu muhokamasiga kirishishdan avval Guliston davlat pedagogika institutining “Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi mudiri N.Saidkulov kirish so’zi sifatida ishtirokchilarni, maruza qiluvchilarni va mashg’ulot mavzusi bilan qisqacha tanishtirdi. So’ng, vebinar dars mavzusi uchun kelishilgan “Jamiyat va inson falsafasi” masalasini yoritishni kafedra o’qituvchisi X.Yarbayev boshlab, jamiyat tushunchasi uning shakllanish jarayoni bo’yicha keltirilgan fikrlar tahlilini keltirib o’tdi. Keyin mavzuni kafedra o’qituvchisi A.Mansurov davom ettirib, jamiyatning kelib chiqish tarixi va insoniyatning sivilizatsion rivojlanishi to’g’risidagi nazariyalarni keltirib o’tdi. Inson va jamiyatning rivojlanish shartlarini keltirib o’tdi. Shundan so’ng, ma’ruzani Chimkent universiteti professor-o’qituvchilari olib mavzuning tahliliga to’xtalib o’tishdi. Mazkur oliygoxdan falsafa fanlari nomzodi, dotsent M.Raximshikova va tadqiqotchi D.Xavazmetovalar mavzuning yoritilishini davom ettirib, jamiyat to'g'risidagi falsafiy bilim va qarashlarni o'zlashtirish, hayotga tatbiq etish to’g’risida o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi. Chimkent universiteti talabalari ham ushbu mavzu doirasida o’z fikrlarini bildirishdi.

“Falsafa” fanining “Jamiyat va inson falsafasi” mavzusiga bag’ishlangan vebinar ko’tarinki ruhda o’tkazildi hamda kelgusida shu kabi vebinalarni ko’paytirish bo’yicha har tomonlama kelishib olindi.

Shu mavzuda