Asosiy mazmunga o'tish

Guliston davlat pedagogika institutida bahor bayrami - Navro'z ayyomiga bag'ishlangan bayram sayli bo'lib o'tdi.

313 ko'rildi

Navro'z - bu yasharish , yangilanish davri. Xalqimiz har yili bu kunni kõtarinki kayfiyatda qarshi olishadi. Har bir xonadonda milliy taomlarimiz : sumalak , halim , kõksomsa , kõkchuchvaralar tayyorlanadi. Bolalar qirlarga chiqib boychechaklar terishadi , milliy õyinlarimizni õynashadi. Mõysafid bobo- momolarimiz " Navrõzga yetgizganiga shukur" , " Omonlik- somonlik , hech kõrmaylik yomonlik " , deya Navrõzga shukronalar bildirib, duolar qilishadi. Shu jumladan, Respuplikamizning har bir viloyat, shahar , tumanlaridagi insitut,  maktab, va boğchalarida Navrõz bayrami keng miqiyosda nishonlanmoqda.

Guliston davlat pedagogika insitutida ham 17- mart kuni  Navrõz ayyomiga bağishlangan bayram sayli bõlib õtdi . Saylda talabalar tomonidan ayyomga bağishlab milliy õyinlarimiz : arqon tortish, milliy kurash, tosh kõtarish va stol tennisi kabi musobaqalar õtkazildi. Hech bir bayram musiqalarsiz bõlmaganidek, insitutning musiqa ta'limi yõnalishi iqtidorli talabalari tomonidan kuylangan milliy kuy qõshiqlar bayram ishtirokchilariga  zavqli onlarni taqdim etdi .

Saylda " Kitobxon talaba" tanlovi ham tashkil etildi . Tadbirga tashrif buyurgan nuroniy otaxon X. Mavlonqulovning atrofiga kitobsevar yoshlar jamul-jam bõlishdi . Ular õzlari õqigan Õzbek va jahon adabiyoti durdonalaridan bir - birlarini bahramand etishdi. Nuroniy otaxonimiz yoshlarimizga tasannolar aytib , ularga ulkan zafarlar tiladilar . Tadbir sõngida faol va iqtidorli talaba- yoshlar faxriyorliqlar bilan taqdirlarnishdi

Shu mavzuda