Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir.
0 ko'rildi
Bugun viloyatimizda "9-may-Xotira va qadrlash kuni" keng nishonlandi.
Guliston shahrida o‘tkazilgan tantanali tadbirda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi vakillari, oliy ta’lim muassasalari yetakchilari va koordinatorlari, viloyat sardorlari ham faol ishtirok etib, tadbir qatnashchilariga sharaf lentalari taqishdi.
Tadbir davomida urush yillarida xalqimiz ko‘rsatgan jasorat va mardlik namunalarini o‘zida mujassam etgan badiiy chiqishlar, harbiy ko‘rgazmalar ham namoyish etildi.
