“Yangi nafas” yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Davlat bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan erta tongdan Guliston shahrida turli mehnat jamoalari, yoshlar, nuroniylar, sportchilar, havaskorlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Yangi nafas” yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Masofa 3 kilometrni tashkil qilib, unda 3 mingdan ziyod sirdaryoliklar ko‘ngilli ravishda faollik ko‘rsatdi.
Gʻoliblar yosh, “Absolyut” va “Havaskor” toifalari bo‘yicha aniqlandi. Taqdirlash marosimida so‘z olgan viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev mamlakat bosh ramzlaridan biri bo‘lgan davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi bilan barchani qutladi, O‘zbekiston ravnaqi yo‘lida millatni birlashtirishga qaratilgan mazkur vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi ishtirokchilariga minnatdorlik bildirdi.
Yakunda g‘oliblarga viloyat hokimligining medal va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.