Kadrlar bo‘limi
Bo'lim

Haqida
Bo‘limning asosiy vazifalari
- mehnat qonunchiligi, institutning ichki me’yoriy hujjatlari va rektor buyruqlariga muvofiq xodimlarni ishga qabul qilish, o‘tkazish va ishdan bo‘shatishni rasmiylashtirish;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ilmiy-pedagogik xodimlar lavozimlarini egallash bo‘yicha ishlarni tashkil etish (mehnat shartnomalari muddati tugashini nazorat qilish, tanlovlar e’lon qilish, buyruqlar tayyorlash, mehnat shartnomalari tuzish, saylov va tanlov natijalariga ko‘ra qo‘shimcha kelishuvlar tuzish);
- mehnat daftarchalarini qabul qilish, to‘ldirish, saqlash va berish;
- xodimlarga institut bilan mehnat munosabatlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni rasmiylashtirish va berish;
- xodimlar tomonidan mehnat intizomi va ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
- xodimlarga ijtimoiy kafolatlar, belgilangan imtiyoz va kompensatsiyalarni taqdim etish;
- ta’tillar jadvalini tuzish, tasdiqlangan jadval bo‘yicha ta’tillardan foydalanishni hisobga olish, xodimlarning arizasiga ko‘ra navbatdagi, qo‘shimcha va o‘quv ta’tillarini berish;
- institut xodimlarini rag‘batlantirish (davlat, idoraviy va institut mukofotlari, ko‘krak nishonlari va boshqalar) uchun zarur hujjatlarni to‘plash, rasmiylashtirish, vakolatli organlarga o‘z vaqtida topshirish va mukofot hujjatlarini olish;
- barcha toifadagi xodimlar bo‘yicha hisobot ma’lumotlarini taqdim etish;
- institut arxivi uchun shaxsiy ishlarni tayyorlash;
- mehnat qonunchiligi talablarini institutda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa vazifalarni bajarish.


