“1-Kurs maktabi” tadbirlari davom etmoqda
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika institutida kimyo-biologiya yo‘nalishining birinchi kurs talabalari uchun tanishtiruv tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir doirasida talabalar yo‘nalish o‘qituvchilari hamda guruh tyutori
M. Asheraliyeva hamrohligida institut infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi. Xususan, kutubxona, sport maydoni, dala tajriba maydoni hamda o‘quv binolari ko‘zdan kechirildi.
Talabalarga ushbu obyektlardan foydalanish tartibi, ularning ta’lim jarayonidagi o‘rni hamda yaratilgan sharoitlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.






