Ijaradagi talaba — doimiy e’tiborda
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakultetida ijarada istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi.
Institut uchun talabaning nafaqat sifatli ta’lim olishi, balki munosib, xavfsiz va qulay sharoitda yashashi ham muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda ijara xonadonlarining xavfsizlik talablariga muvofiqligi, sanitariya-gigiyena holati, maishiy qulayliklari hamda talabalarning dars tayyorlashi uchun yaratilgan imkoniyatlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Har bir talabaning yashash sharoiti, xavfsizligi va kelajagiga befarq bo‘lmaslik — institutimiz faoliyatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.






