Barchaga barobar taʼlim
0 ko'rildi
Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari Y.Nurumbekova va G.Tashmatova tomonidan Guliston shahar 7-umumta’lim maktabida “Barchaga barobar taʼlim” mavzusida inklyuziv ta’limga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.
Seminar davomida inklyuziv ta’limning ahamiyati, uni amaliyotga joriy etish yo‘llari hamda pedagoglar faoliyatida qo‘llash mumkin bo‘lgan samarali metodlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ishtirokchilar faol qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar. Seminar mazmunli, qiziqarli va juda samarali tarzda o‘tdi.