Talabalar xavfsizligi doimiy e’tibor markazida
0 ko'rildi
Guliston davlat pedagogika instituti Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tomonidan talabalar yashayotgan ijara xonadonlarida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida is gazidan zaharlanishning oldini olish, isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Mazkur tadbir talabalar orasida xavfsiz hayot madaniyatini shakllantirish va sovuq mavsumni xotirjam o‘tkazishga xizmat qiladi.