Asosiy mazmunga o'tish

Oila — mas’uliyat va ongli tanlov maktabi

0 ko'rildi
Oila — mas’uliyat va ongli tanlov maktabi

Guliston davlat pedagogika institutida talabalarga oilaning muhim qadriyat sifatidagi ahamiyatini anglatish, sog‘lom va mustahkam oila qurishga ongli yondashuvni shakllantirish maqsadida tizimli targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida institut psixologi va tibbiyot xodimi tomonidan erta nikohning salbiy oqibatlari, oilaviy hayotga tayyorgarlik, mas’uliyat va sog‘lom munosabatlar haqida tushuntirishlar berildi. Qizlar va yigitlar uchun tashkil etilgan “Maslahat soatlari” hamda “Davra suhbatlari” davomida oilaviy muammolarni oldini olish, psixologik barqarorlik va to‘g‘ri qaror qabul qilish masalalari muhokama qilindi.

Suhbatlar jarayonida talaba-qizlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil va hayotiy javoblar berildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning hayotiy qarorlariga mas’uliyat bilan yondashishiga, kelajakda sog‘lom oila qurishiga mustahkam zamin yaratmoqda.

Shu mavzuda