Bir umr Vatan sog‘inchi bilan yashagan Bobur siymosi, taqdir sinovlari va murakkab tarixiy voqealar — “Yulduzli tunlar” romani bu safar kitobxonlar bahsi va sahna lavhalarida jonlandi.
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazining “Faol kitobxon” klubi a’zolari o‘rtasida Pirimqul Qodirovning mazkur asari asosida bellashuv o‘tkazildi.
To‘rtta shart bo‘yicha “Ma’rifat nuri”, “Yog‘du” va “Feroniya” jamoalari tarixiy voqealar hamda ularning badiiy talqini yuzasidan bilimlarini namoyon etib, qahramonlar kechinmalarini sahna lavhalarida ifodaladilar.
Bellashuv yoshlarning mutolaaga qiziqishini oshirish, Bobur hayoti va Vatanga muhabbatini chuqurroq anglashga xizmat qildi. Yakunda eng faol jamoa va munosib qatnashgan kitobxonlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.








