Talabalar bilan muloqot — masalalarga amaliy yondashuv
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dekani Sh. Norqulov hamda dekan o‘rinbosari N. Boyjigitov talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda talabalarning yashash sharoitlari, o‘qishi va bo‘sh vaqtini tashkil etish masalalari muhokama qilinib, taklif va murojaatlari tinglandi. Ichki tartib-qoidalarga rioya etish hamda ma’rifiy, madaniy va sport tadbirlarida faol qatnashish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Muloqot talabalar ehtiyojlarini o‘rganish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va zarur ko‘makni tashkil etishga qaratildi. Talabalarning munosib sharoitda yashashi va rivojlanishi institutning doimiy e’tiborida.




