Magistrantlar futbol maydonida bellashdi ⚽️
0 ko'rildi

🤩Guliston davlat pedagogika institutida Magistratura bo‘limining 1-bosqich magistrantlari o‘rtasida mini futbol musobaqasi o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda jamoalar raqib darvozasi oldida himoyani mustahkam saqlash va hisobda ustunlikka erishish uchun kurash olib bordilar. Tezkor hujumlar va keskin kechgan bahslar musobaqaga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Dars va ilmiy izlanishlardan bo‘sh vaqtda tashkil etilgan ushbu bellashuv magistrantlarning jismoniy faolligini oshirish, salomatligini mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi.






