“Bir ziyoli — o‘n talabaga ma’naviy ustoz” tizimi
Guliston davlat pedagogika instituti “Gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat” fakultetida talabalar ma’naviy kamolotini qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida “Bir ziyoli — o‘n talabaga ma’naviy ustoz” tizimi izchil yo‘lga qo‘yildi.
Fakultetning ilmiy darajali, boy hayotiy tajribaga ega hurmatli professor-o‘qituvchilari talabalar guruhlariga biriktirilib, ular bilan muntazam ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar, kasbiy yo‘nalish bo‘yicha maslahatlar hamda rivojlantiruvchi muloqotlar olib bormoqda.
Ustozlar yoshlarning fanga qiziqishini oshirish, ularda mustaqil fikrlash va ilmiy izlanish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ko‘makchi bo‘lib xizmat qilmoqda. Har bir uchrashuvda talabalarga o‘z ustida ishlash, liderlik, mas’uliyat, vatanparvarlik kabi fazilatlar yuzasidan amaliy tavsiyalar berilmoqda.