Birinchi bosqich talabalari uchun “Institut bo‘ylab sayohat” tashkil etildi
0 ko'rildi

Guliston davlat pedagogika institutida birinchi bosqich talabalarini oliy ta’lim muassasasi faoliyati, mavjud infratuzilma va yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Institut bo‘ylab sayohat” tadbiri tashkil etildi.
Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti N.T. Misirova rahbarligida o‘tkazilgan tadbirda Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari institutning Axborot-resurs markazi, talabalar turar joyi, sport zali hamda o‘quv ustaxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.Jarayon davomida talabalarga mazkur tuzilmalarning faoliyat yo‘nalishlari, ularda yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim va talabalik hayoti uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.






