Yangi muhitga moslashuvda psixologik xizmat — muhim tayanch
0 ko'rildi

Guliston davlat pedagogika institutida “Birinchi kurs maktabi” doirasida 1-kurs talabalarining oliy ta’lim muhitiga moslashuvini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan psixologik tanishuv uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalarga institut psixologik xizmatining faoliyat yo‘nalishlari, individual maslahat va suhbatlardan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, psixologik yordamga murojaat qilish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi. Yangi ta’lim muhiti va jamoaga moslashish, stress va hayajonni boshqarish, ichki barqarorlikni saqlash hamda o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham taqdim etildi.Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda talabalarni qiziqtirgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, psixologik xizmat faoliyatida maxfiylik, ishonch va professional yondashuv tamoyillariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur uchrashuv birinchi kurs talabalarining talabalik hayotiga ishonch bilan kirib borishi, yangi muhitga samarali moslashishi hamda sog‘lom psixologik muhitda ta’lim olishi uchun muhim zamin yaratadi.




