Talabalikning ilk kunlari-institut hayoti bilan yaqindan tanishuv
0 ko'rildi

Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakultetining 1-kurs talabalari uchun institut bo‘ylab tanishtiruv tashkil etildi.
Tanishtiruv davomida talabalar institutning o‘quv binolari, auditoriyalar, axborot-resurs markazi, sport va ma’naviy-ma’rifiy maskanlar, shuningdek, talabalarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.Ularga ta’lim jarayonida foydalanish mumkin bo‘lgan resurslar, mustaqil ta’lim olish uchun mavjud imkoniyatlar hamda institut hayotida faol ishtirok etish yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.
Mazkur tanishtiruv 1-kurs talabalarining yangi ta’lim muhitiga tezroq moslashishi va institutdagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishiga xizmat qiladi.









