Asosiy mazmunga o'tish

Yangi bosqich, yangi mas’uliyat: 1-kurs talabalari bilan muhim muloqot

0 ko'rildi
Yangi bosqich, yangi mas’uliyat: 1-kurs talabalari bilan muhim muloqot

Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakulteti dekani
N. Abdukadirova yangi o‘quv yilida fakultet safiga qo‘shilgan 1-kurs talabalari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda talabalarning oliy ta’lim jarayoniga moslashuvi, o‘quv intizomi, dars mashg‘ulotlarida muntazam ishtirok etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish, shuningdek, talabaning huquq va majburiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shu bilan birga, “Odob-axloq kodeksi”ning mazmun-mohiyati, akademik halollik tamoyillari, institutning ichki tartib-qoidalari hamda ta’lim-tarbiya jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan talablar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Fakultet dekani talabalarni o‘quv jarayoniga mas’uliyat bilan yondashish, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda tanlagan mutaxassisligi bo‘yicha mustahkam bilim va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishga chaqirdi.

Yangi bosqich, yangi mas’uliyat: 1-kurs talabalari bilan muhim muloqot — 2Yangi bosqich, yangi mas’uliyat: 1-kurs talabalari bilan muhim muloqot — 3Yangi bosqich, yangi mas’uliyat: 1-kurs talabalari bilan muhim muloqot — 4Yangi bosqich, yangi mas’uliyat: 1-kurs talabalari bilan muhim muloqot — 5

Shu mavzuda