Birinchi prorektorlar uchun seminar-trening
130 ko'rildi
Mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining birinchi prorektorlari uchun o‘tkazilgan uch kunlik seminar-trening o‘z nihoyasiga yetdi.
Bo‘lib o‘tgan seminarda mamlakatimizdagi 115 ta davlat, 30 ta xorijiy va 65 ta nodavlat OTMlarining birinchi prorektorlari ishtirok etdi.
Seminar mashg’ulotlari davomida yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, hayotda o‘z o‘rnini topa olmayotgan yoshlar bilan individual ishlash tizimini ustuvor yo‘nalishlari, talaba-yoshlarning yot g’oyalar ta’siriga tushib qolishlarining oldini olish chora-tadbirlari mutaxassis olimlar bilan muhokama qilindi va tizimli ishlar amalga oshirilishida asosiy vazifalar belgilab olindi.
GulDPI axborot xizmati